Bodrum moʻjizalari: Siz bilgan va bilmagan koʻrfazlarga sayohat qilamiz

Bodrum Mugʻlaning eng koʻzga koʻringan viloyati boʻlish bilan bir qatorda Turkiyaning eng afsonaviy dam olish maskanlaridan biridir. Bodrumda koʻm-koʻk va tiniq dengizlari bilan mashhur koʻrfazlar joylashgan boʻlib, jami 11 hududda 65 ta plyajlar mavjud.
Bitez
Bitez – suzish uchun eng qulay va shinam maskanlardan. Bitez dengizi koʻpincha toʻlqinsiz, iliq va toza. Bitez dengizining eng afzal tomoni suv sathi asta-sekin chuqurlashib boradi, shu bois bolali oilalarning eng sevimli dengiziga aylanib ulgurgan. Bu mintaqada jamoat plyajlari bilan bir qatorda xususiy korxonalar ham mavjud.
Goʻlturkbuku
Goʻlturkbukuning suzish uchun eng bebaho maskani Jennet koʻrfazidir. Koʻrfazning dengizi tiniq va toʻq koʻk rangi bilan ajralib turadi va markazdan uzoqda joylashganligi sababli mavsumda gavjum boʻlmaydi.
Akyarlar
Akyarlar Bodrumda baliq bilan suzish mumkin boʻlgan noyob joylardan biridir. Dengiz suvi tiniq, sayoz va shamol boʻlmagan paytlar juda sokin. Hududning aksariyat qismida korxonalar boʻlishiga qaramay, jamoat plyajlari ham bor. Ushbu mintaqadagi Meteor va Karainjir koʻrfazlari sayyohlar tomonidan eng koʻp tanlanadigan joylardandir.
Gumushluk
Gumushluk dengiz boʻyidagi hayratlanarli restoranlari bilan mashhur boʻlib, dengizi toshli va qumli, shuningdek, toʻlqinli. Dengiz suvi iliq. Restoranlar orasidagi qulay joylardan yoki jamoat plyajidan dengizga tushish mumkin. Gumushlukda joylashgan Tavshan oroli va Eski Karakaya qishlogʻi bamisli jannat!
Torba
Torba tiniq dengizlari bilan hashamatli dam olish maskani boʻlib, dengizda vaqti-vaqti bilan kuzatiladigan toʻlqin tufayli kechki paytlari suv usti biroz loyqalanishi mumkin, lekin shamolsiz kunda suv juda toza va yangiday boʻladi. Torba qirgʻogʻi va dengizi butunlay qumli, dengiz suvining harorati iliq, dengiz sathi asta-sekin chuqurlashib boradi. Torbadan joʻnab ketadigan qayiq sayohatlari bilan boshqa koʻrfazlarga sayohat qilish mumkin.
Kargijak Koʻrfazi
Kargijak koʻrfazi unchalik maʼlum va mashur boʻlmasa-da, oʻzining yashirin va qoʻl tegmagan tabiiy goʻzalligi bilan Bodrumning eng yoqimli dengiziga ega maskanidir. Kargijak koʻrfazining dengizi xuddi akvariumga oʻxshaydi, biroq dengiz suvi boshqa joylarga qaraganda sovuqroq va biroz shoʻr. Bu koʻrfazda biron bir korxona yoki doʻkon uchratish imkonsiz, shuning uchun sayyohlarga oʻzlari bilan birga yegulik va ichimliklar olish tavsiya qilinadi. Suvga shoʻngʻish uchun koʻzoynak olishni ham unutmaslik kerak. Tabiat va dengiz ixlosmandlari bu yerda chodir qurib dam olishlari mumkin.
Yalikavak
Yalikavakning moviy dengizi juda toza, ammo sertoʻlqin. Mintaqaning koʻplab dam oluvchilar tomonidan afzal koʻrilishining eng katta sababi bu restoranlar va xususiy plyajlarda taqdim etilgan imkoniyatlardir. Yalikavakda suzish uchun eng koʻp tanlanadigan koʻrfazlardan Arka Kudur va Tilkijik koʻrfazlaridir. Yalikavak shamol tegirmonlari bilan ham mashhur. Yalikavakda shamol syorfingi boʻyicha mashgʻulotlarda qatnashish imkoniyati ham mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring