"Boburnoma" asari bugunga qadar nechta tilga tarjima qilingan?

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari badiiy jihatdan boy, tili va bayon etish usuli sodda, o‘qilishi ravon memuar asar bo‘lib, dunyoning 30 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.
Asar eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan bo‘lib, uning eng mashhur va tarixiy tarjimalari fors, fransuz va ingliz tilidadir.
"Boburnoma" fors tiliga XVI asrda Humoyun va Akbar davrida tarjima qilingan. XIX asrda fransuz tiliga tarjima qilingan.
“Boburnoma”ning ingliz tilidagi tarjimasi ancha mashhur bo‘lib, u birinchi marotaba XIX asrda Jon Leyden va Villiam Erskine tomonidan mahorat bilan ingliz tiliga o‘girilgan. Keyinchalik ham bir necha bor qayta turli tarjimonlar tomonidan ushbu tilga tarjima qilingan.
XX asrda rus tiliga o‘girilgan. Arab, turk va nemis tillaridagi tarjimalari ham ancha ommabop hisoblanadi.
Hindistonda Bobur avlodlari tomonidan hind va urdu tillariga tarjima qilingan.
Asar tarixiy va adabiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ayni kunlarda Italiyada bo‘lib turgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida delegatsiya kitobning italyan tilidagi tarjimasi taqdimotida ishtirok etdi.
“Boburnoma” dunyo adabiyoti va tarixshunosligi uchun muhim bo‘lib, uning turli tillarga tarjima qilinishi Boburning hayot yo‘li, o‘sha davr madaniyati va davlatchilik tajribasini keng ommaga yetkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring