BMTning qum va chang boʻronlariga qarshi kurash koalitsiyasi bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi

10:24 19 Noyabr 2023 Siyosat
268 0

BMTning choʻllanish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-sessiyasi doirasida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTning qum va chang boʻronlariga qarshi kurash koalitsiyasi raisi Feras Ziadat oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan BMTning qum va chang boʻronlariga qarshi kurash koalitsiyasi oʻrtasida yerlarning degradatsiyasi va yer resurslarini  barqaror boshqarish, shu jumladan, tajriba almashish, Oʻzbekistonning qum va chang boʻronlari xavfi yuqori boʻlgan hududlarida qoʻshma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, eron va afgʻon shamollari natijasida bahor-kuz mavsumida Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida kuzatilayotgan qum va chang boʻronlari aholi salomatligi va hayvonot dunyosiga zarar yetkazayotgani taʼkidlandi.

BMT koalitsiyasi raisi chang va qum boʻronlari tobora dolzarb boʻlib borayotgan transchegaraviy muammo ekanligini, bu ayniqsa, tirikchiligi tabiiy resurslar va qishloq xoʻjaligiga bevosita bogʻliq boʻlgan fermerlar va odamlarga jiddiy taʼsir qilishini  taʼkidladi.

Chang va qum boʻronlari taʼsirini kamaytirish maqsadida yigʻilishda FAO va BMTning qum va chang boʻronlariga qarshi kurash koalitsiyasi bilan hamkorlikda aniq metodologiyalar ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va muhim strategik yoʻnalishlarni amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) va BMTning qum va chang boʻronlariga qarshi koalitsiya delegatsiyasining 2024-yil 12–17-fevralda Samarqandda boʻlib oʻtadigan Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash (CMS COP-14) toʻgʻrisidagi Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yigʻilishi hamda Samarqand iqlim forumida ishtirok etishi toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

«Dekabr 2025»
DuSeChoPaJuShaYa
24252627282930
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930311234

Кластер

hidden