BMTning 11 nafar xodimi Yamanda asirga olindi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 11 xodimi Yamandagi husiylar harakati tomonidan hibsga olingan. Tashkilot husiylardan zudlik oʻz xodimlarini ozod qilishni talab qilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning taʼkidlashicha, ularning xavfsiz va shartsiz ozod etilishini taʼminlash uchun barcha mavjud imkoniyatlar ishga solinadi.
Husiylar oʻzlarini Eron boshchiligida Isroil, AQSH va Gʻarbga qaratilgan “qarshilik oʻqi”ning bir qismi deb bilishadi. Ular Gʻazo sektoridagi falastinliklarni qoʻllab-quvvatlab, Qizil dengizda tijoriy yuk tashish kemalarini nishonga olishgan. Bu esa AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan javob havo hujumlariga olib kelgandi.
Xabarlarga koʻra, BMTdan tashqari ham boshqa xalqaro tashkilotlarning bir necha xodimlari ham hibsga olingan. Maʼlum qilinishicha, BMT xodimlarining uylari va idoralarida oʻtkazilgan reydlar chogʻida husiylar ularning telefon va kompyuterlarini olib qoʻyishgan.
Yaman poytaxti Sana va shimoli-gʻarbiy mintaqani nazorat qiluvchi husiylar amalda hukumatni boshqaradi. Ular iqtisodiy qiyinchiliklar va AQSH boshchiligidagi koalitsiya tomonidan davom etayotgan havo hujumlariga duch kelmoqda. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, husiylar nazoratni oʻrnatishda, noqonuniy soliq yigʻishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring