BMT Pokistondan 1,3 million afgʻon qochqinini majburan chiqarishni toʻxtatishni soʻradi
Foto: BMT
BMTning Qochqinlar boʻyicha oliy komissarligi (UNHCR) Pokiston hukumatini mamlakatda roʻyxatdan oʻtgan 1,3 million afgʻon qochqinini majburan vatanga chiqarishni toʻxtatishga chaqirdi.
“Pokiston qariyb 40-yildan buyon qochqinlarni qabul qilib kelayotganini eʼtirof etamiz va bu uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biroq, PoR (Proof of Registration) kartalariga ega shaxslar yillar davomida rasmiy ravishda qochqin sifatida tan olingan. Ularni majburan vatanga qaytarish xalqaro qonunchilikdagi “qaytarmaslik prinsipi”ni buzadi”, — deyiladi UNHCR bayonotida.
Tashkilot afgʻon ayollari va qizlari taqdiridan tashvish bildirdi. Ularning huquqlari Afgʻonistonda jiddiy xavf ostida ekani taʼkidlandi. Shuningdek, boshqa zaif qatlamlar ham xavf ostida qolishi mumkinligi qayd etildi.
“Pokiston hukumati har qanday qaytishni faqat ixtiyoriy, xavfsiz va insoniy sharoitda amalga oshirilishini taʼminlashi kerak”, — deyiladi bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, Pokiston hukumati 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab 1,3 million afgʻon qochqinini deportatsiya qilishni boshlashini eʼlon qilgan edi. Bunga sabab — ularning roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi PoR kartalari 2024-yil 30-iyun kuni amaldan chiqqan va bu holatda ular noqonuniy migrantlarga aylangan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2023-yil sentyabridan buyon Pokistondan Afgʻonistonga 800 mingdan ortiq migrant qaytgan. Ularning 527 mingdan ortigʻi hukumat tomonidan majburan chiqarilgan, qolganlari esa mamlakatni ixtiyoriy tark etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring