BMT komissiyasi Isroilning Gʻazodagi harakatlarini genotsid deb topdi
Foto: Anadolu
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin hududi boʻyicha mustaqil xalqaro tergov komissiyasi Isroilning Gʻazodagi harakatlarini genotsid deb topdi.
Isroil hukumati Gʻazo sektorida guruh sifatida falastinliklarning reproduktiv qobiliyatini qisman yoʻq qildi, jumladan, tugʻilishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qoʻlladi va Rim statutida va Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konvensiyada (“Genotsid konvensiyasi”) genotsidning asosiy aktlari boʻlgan guruh sifatida falastinliklarni jismoniy yoʻq qilish uchun hisoblangan yashash sharoitlarini ataylab yaratdilar”, deyiladi komissiya hisobotida.
Komissiyaning asosiy xulosalari
Isroil Gʻazo sektorida genotsid qilishda davom etmoqda, uning aholiga qarshi harakatlari 1948-yildan beri eng shafqatsizi hisoblanadi.
Buni mamlakatning harbiy va siyosiy rahbarlari, jumladan, Bosh vazir Benyamin Netanyahu qoʻzgʻatdi.
Tel-Aviv anklav aholisiga qarshi genotsidning oldini ololmagani uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Davlatlar Isroil mudofaa kuchlarining Gʻazo va bosib olingan hududlardagi harakatlarini toʻxtatish uchun barcha vositalardan foydalanishga majbur.
Shu bilan birga, Isroil Tashqi ishlar vazirligi BMT hisobotini rad etib, u “HAMAS yolgʻonlari”ga asoslanganini bildirdi. Vazirlik, shuningdek, xalqaro komissiyani tarqatib yuborishga chaqirdi.
Isroilning Gʻazoga hujumi
Netanyahu shu yilning 21-avgust kuni Gʻazo ustidan nazorat oʻrnatish va HAMASni magʻlub etish rejalarini tasdiqladi. U “xavfsizlik perimetrini taʼminlash” uchun anklavni bosib olish va keyinchalik uni fuqarolik hukumatiga topshirish niyati haqida gapirdi.
Dushanba kuni kechqurun Isroil mudofaa kuchlari Gʻazoga hujum boshladi, shahar katta bombardimonlarga uchradi. Avval Isroil havo kuchlari shaharga zarba berdi, keyin tanklar kirib keldi. Ommaviy axborot vositalarida bir necha oʻnlab falastinliklar halok boʻlgani haqida xabar berilgan.
Shu bilan birga, Isroil rahbariyati Netanyahuni operatsiyadan voz kechishga chaqirdi, chunki bu shahardagi isroillik garovga olinganlarning hayotiga xavf tugʻdiradi, HAMASni yoʻq qilish dargumon va Isroil mudofaa kuchlari oʻrtasida katta talofatlarga olib keladi.
Operatsiya boshlangandan keyin garovga olinganlarning oilalari Isroil hujumlarida yaqinlarining halok boʻlishidan qoʻrqib, Quddusdagi Bosh vazirning qarorgohi oldida namoyish oʻtkazdi.
“Axios” portalining yozishicha, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Isroil operatsiyasini qoʻllab-quvvatlagan, biroq uni imkon qadar tezroq yakunlashga chaqirgan.
Oldinroq, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealarni toʻxtata olmasligini, chunki Amerika Qoʻshma Shtatlari Isroil rasmiylarining harakatlarini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini aytgandi.
Anklavda ochlik
Soʻnggi oylarda Tel-Aviv Gʻazo sektori blokadasini kuchaytirdi va u yerga kerakli hajmdagi oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berilishiga toʻsqinlik qilmoqda. Bu allaqachon aholi orasida toʻyib ovqatlanmaslik qurbonlariga olib keldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bu hududda birinchi marta halokatli ocharchilik holatini eʼlon qildi.
Bungacha BMT ocharchilikning maksimal bosqichini ikki marta tasdiqlagan: 2017-yilda Janubiy Sudanda va 2011-yilda Somalida.
Gʻazo maʼmuriyati maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 7-oktyabridan beri Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlganlar soni 64 mingdan oshgan. Ularning asosiy qismi tinch aholi vakillari hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring