BMT Xalqaro sudiga yangi rais saylandi

11:13 04 Mart 2025 Dunyo
125 0

Yudzi Ivasava BMT Xalqaro sudining yangi raisi etib saylandi. Bu haqda sudning “X” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilindi.

Ivasava 2018-yil 22-iyundan beri BMT Xalqaro sudining aʼzosi hisoblanib, bugunga qadar Tokio universitetida xalqaro huquq professori hamda BMT Inson huquqlari boʻyicha qoʻmita raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

BMT Xalqaro sudining avvalgi raisi Navaf Salom Livan bosh vaziri lavozimiga tayinlangani sababli isteʼfoga chiqqan. Aslida, uning sud raisi sifatidagi vakolati 2027-yil 5-fevralgacha davom etishi kerak edi.

Taʼkidlash joiz, sud Ivasavani Navaf Salomning tugashi kerak boʻlgan vakolat muddati oʻrnida faoliyat olib borishini belgilagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер