BMT Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish rejasini maʼqulladi
Getty Images
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi AQSH taklif qilgan Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish rejasini qoʻllab-quvvatlash uchun ovoz berdi. Xavfsizlik kengashining 15 aʼzosidan 14 tasi AQSH tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan. Faqatgina Rossiya betaraf qoldi.
Kelishuvni Isroil qabul qilgani va HAMASni ham bunga rozi boʻlishga chaqirilgan. Guruh doimiy otishmani toʻxtatishga erishish va Isroilning Gʻazo sektoridan toʻliq chiqib ketishi uchun kafolat talab qilishi mumkin.
Reja uch qismdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda garovga olingan mahbuslarni almashish, qisqa muddatli otishmani toʻxtatishga erishish yotadi. Rezolyutsiyasiga koʻra, ikkinchi bosqich harbiy harakatlarni doimiy toʻxtatish va Isroil askarlarining Gʻazodan toʻliq chiqib ketishini taʼminlaydi. Shuningdek, soʻnggi bosqichda Gʻazoni qayta tiklash ishlarini olib borishdan iboratdir.
Xavfsizlik Kengashidagi ovoz berish AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan uchrashuvidan soʻng qabul qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring