BMT: Dunyo aholisining har toʻrtinchi qismi toza ichimlik suvidan mahrum

BMTning Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning qoʻshma hisobotiga koʻra, dunyo boʻyicha har toʻrtinchi kishi — 2,1 milliard odam — hali ham toza ichimlik suvidan foydalana olmaydi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2015-yildan buyon 961 million kishi ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega boʻlgan. Shu davrda toza suvga ega boʻlgan aholi ulushi 68 foizdan 74 foizga oshgan.
Hisobotda taʼkidlanishicha, qishloq joylarida yashovchilar uchun vaziyat biroz yaxshilangan boʻlsada, ularning imkoniyati hanuz shahar aholisinikidan ancha past.
2015–2024-yillar davomida qishloq hududlarida ichimlik suvi bilan taʼminlangan aholining ulushi 50 foizdan 60 foizga koʻtarilgan. Shahar hududlarida esa bu koʻrsatkich 83 foiz darajasida qolmoqda.
BMT qayd etishicha, eng kam rivojlangan davlatlarda yashovchilar ichimlik suvi va sanitariya xizmatlariga kirishda boshqa mamlakatlar aholisiga qaraganda ikki barobardan koʻproq qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring