BMT Bosh qarorgohida “Yangi O'zbekiston: Shavkat Mirziyoev yo'li” kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi
Nyu-York shahrida joylashgan BMT Bosh qarorgohida “Yangi O'zbekiston: Shavkat Mirziyoev yo'li” nomli kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi.
Tadbirda BMT rahbariyati, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, fuqarolik jamiyati faollari hamda jurnalistlardan iborat 100 ga yaqin kishi qatnashdi.

Taqdimot davomida Yangi O'zbekistondagi islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning asosiy bosqichlari va ustuvor yo'nalishlari haqida so'z yuritildi.

Ishtirokchilar tomonidan O'zbekistondagi islohotlar “siyosiy jasorat, strategik yondashuv va ijtimoiy yo'naltirilganlik”ni birlashtirgan kompleks transformasiya sifatida yuksak baholandi. Mamlakatdagi o'zgarishlar barcha muhim sohalar — davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, ta'lim, sog'liqni saqlash va raqamli rivojlanishni qamrab olayotgani qayd etildi.
So'zga chiqqan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, qator xorijiy davlatlarning vakillari va jurnalistlar O'zbekistonda yuz berayotgan keng ko'lamli siyosiy va ijtimoiy islohotlarni e'tirof etdi. Ushbu ijobiy o'zgarishlar nafaqat O'zbekiston uchun, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring