BMT AQSH va YEI bilan Rossiya mahsulotlarini eksport qilish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha ish olib bormoqda
Foto: Arxiv surat
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan Rossiyadan oziq-ovqat va mineral oʻgʻitlar eksportiga toʻsqinlik qilayotgan toʻsiqlarni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Bu tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish maʼlum qildi.
Uning aytishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar oziq-ovqat va mineral oʻgʻitlarga taʼsir qilmaydi.
“Ammo, albatta, xususiy kompaniyalar uchun bir qator toʻsiq va qiyinchiliklarni bartaraf etish kerak», deydi Bosh kotib va ular transport, sugʻurta va moliyalashtirish kabilar bilan bogʻliqligiga ishora qilib.
Uning soʻzlariga koʻra, BMT bu toʻsiqlarni bartaraf etish uchun AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan jiddiy ish olib bormoqda.
U, shuningdek, “bu odamlar uchun, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda muhim”, deya qoʻshimcha qildi.
Avvalroq Antoniu Guterrish Rossiya va Ukrainadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Qora dengiz orqali jahon bozorlariga toʻsiqsiz olib chiqish muhimligi haqida gapirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring