Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi
Foto: Abdurahmon Tashanov / Facebook
Bloger Murod Maxsudov tuhmat, tovlamachilik va oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishda ayblanib, 7,5 yilga hukm qilindi, u jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtaydi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qoʻziboyevning “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining 4-iyundagi hukmiga muvofiq Murod Maxsudov (1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 2-qismi boʻyicha Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismi bilan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etilgan.
Shuningdek, u Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari, 165-moddasi 2-qismi “b” bandi va 167-moddasi 2-qismi “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
“Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtattirilish belgilandi”, deydi Zokir Qoʻziboyev.
Uning qoʻshimcha qilishicha, hukmdan norozi taraflar hukm eʼlon qilingan va sudlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab 10 sutka ichida poytaxt sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya tartibida, hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng esa kassatsiya tartibida shikoyat qilishga va protest bildirishga haqli hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring