“Bizning vazifamiz dushmanni eng qisqa vaqt ichida yengishdir” – Putin Kursk qoʻshinlari guruhi shtab-kvartirasida yigʻilish oʻtkazdi

10:49 13 Mart 2025 Dunyo
95 0

Foto: РИА Новости

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Qurolli Kuchlari Kurskka bostirib kirganidan beri ilk bor ushbu hududga keldi va rus qoʻshinlarining Kursk guruhi shtab-kvartirasida yigʻilish oʻtkazdi.

Putin harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvga harbiy libosda kelgan. Kreml tarqatgan kadrlarda u Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi Valeriy Gerasimovning hisobotini tinglayotgani aks etgan.

“Bizning vazifamiz Kursk viloyati hududiga bostirib kirgan dushmanni butunlay magʻlub etish va hududni toʻliq ozod qilishdir”, – dedi Vladimir Putin harbiylar bilan muloqotda.

Putin Ukraina bilan chegarada xavfsizlik hududini yaratish haqida “jiddiy oʻylashni” taklif qildi. Bundan oldin, u Kursk viloyatidagi davlat chegarasidagi vaziyatni tiklash muhimligini taʼkidladi.

Putinga Ukraina Qurolli Kuchlarining yoʻqotishlari haqida maʼlumot berildi

Gerasimovning xabar berishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari Kursk viloyatida qurshab olingan va hozirda izolyatsiya qilingan. Ayni paytda ularni tizimli ravishda yoʻq qilish choralari koʻrilmoqda.

“Rossiya Qurolli Kuchlari boʻlinmalariga imkon qadar tezroq davlat chegarasiga yetib borish vazifasi qoʻyildi”, – deydi Valeriy Gerasimov.

Bosh shtab rahbari, shuningdek, Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan bosib olingan Kursk viloyati hududining 86 foizini – taxminan 1100 kvadrat kilometrni ozod qilishga muvaffaq boʻlganini maʼlum qildi. Ularning 259 kvadrat kilometri soʻnggi besh kun ichida ozod qilingan. Ukrainaning yoʻqotishlari 68 mingdan ortiq odamni va 7 mingdan ortiq texnikani tashkil etdi. Qayd etilishicha, Kursk viloyatidagi 24 aholi punkti soʻnggi 5 kun ichida ozod qilingan.

Gerasimov Ukraina Qurolli Kuchlari Malaya Loknya qishlogʻini ozod qilishda katta yoʻqotishlarga uchraganini alohida taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, artilleriya va dronlardan oʻqqa tutilgan kichik dushman guruhlari odamlarini yoʻqotib, janubiy yoʻnalishda chekinishni boshlagan.

Putin Rossiya barcha harbiy asirlarga insonparvar munosabatda boʻlishini, biroq Ukraina qoʻshinlari tomonida jang qilayotgan xorijlik yollanma askarlar Jeneva konvensiyasiga kirmasligini taʼkidladi. U, shuningdek, Kursk viloyatida qoʻlga olingan ukrainalik harbiylarga terrorchi sifatida munosabatda boʻlish kerakligini taʼkidladi. Oʻz navbatida, Gerasimov Ukraina qurolli kuchlarining 400 dan ortiq askari mintaqada asirga olinganiga aniqlik kiritdi.

Gerasimov Rossiya qoʻshinlarini gaz quvuri orqali Sudjaga yorib oʻtish operatsiyasini qayd etdi. Uning maʼlum qilishicha, manevrda 600 dan ortiq harbiy xizmatchilar qatnashgan, ularda faxriylar boʻlinmalari, “Axmat” maxsus kuchlari, 11-brigada va 30-polk jangchilari alohida ajralib turishgan. Putin Kursk viloyatida jang qilayotgan rus askarlari bilan doimiy aloqada ekanligini aytdi.

Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatiga bostirib kirishidan maqsadni tushuntirgan Gerasimov, Kiyevning mintaqada strategik tayanch yaratish, Rossiya kuchlarini Donbassdan uzoqlashtirish va vaziyatni savdolashish vositasiga aylantirish istagida ekanligini bildirdi. “Bu rejalar barbod boʻldi”, dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер