Biz yuzlab yillik tarixga ega boʻlgan ishbilarmon doiralarning ishonchini qozonib bormoqdamiz — Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Londonda tashkil etilgan roud-shou davomida Buyuk Britaniya Gʻaznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi bilan uchrashuv oʻtkazdi.⠀

Mazkur uchrashuv davomida Oʻzbekistondagi islohotlar va mamlakatimizning JSTga aʼzo boʻlishi yuzasidan fikr almashildi.
“Rigbi xonimga «Yangi Oʻzbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” nomli tadbirimizda ishtirok etgani va uni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman. Yurtimiz taraqqiyotidagi ushbu muhim bosqichni Buyuk Britaniya hukumati toʻliq qoʻllab-quvvatlayotgani quvonarlidir», — deydi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari ishbilarmon doiralar vakillari bilan ham uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda Britaniya biznes vakillari Oʻzbekistonda amalga oshirayotgan loyihalari hamda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelgusi rejalari haqida maʼlumot berdi.

“Bu Oʻzbekistondagi biznes muhitiga tashqaridan berilgan mutlaqo xolisona baho edi va men mamlakatimizda yuz bergan ulkan oʻzgarishlar bilan faxrlanaman. Biz yuzlab yillik tarixga ega boʻlgan ishbilarmon doiralarning ishonchini qozonib bormoqdamiz”, — deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring