Biz oziq-ovqat muammosini global darajada hal qilishga hissa qoʻshishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezidentimiz ishtirokchilarning eʼtiborini mamlakatlarimiz qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchilari, eksport va import qiluvchilari boʻlishiga qaramasdan, SHHT maydonchasida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari boʻyicha hali jiddiy hamjihatlik yoʻlga qoʻyilmaganiga qaratdi.
“Davlatlarimiz salohiyati ichki bozorlarni boshoqli ekinlar, chorvachilik va meva-sabzavot mahsulotlari, asosiy oziq-ovqat turlari hamda zarur oʻgʻitlar bilan muntazam taʼminlash imkonini beradi. Bundan tashqari, biz ushbu muammoni global darajada hal qilishga hissa qoʻshishimiz kerak”, dedi u.
Shu munosabat bilan Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning umumiy tamoyillari va yondashuvlarini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbari qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash dasturlariga, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro taʼminotning muvofiqlashtirilgan sxemalarini shakllantirishga, yuqori sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun samarali logistika, “yashil” va ekspress-yoʻlaklarni tashkil etishga jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirdi.
Ushbu hayotiy masalalarni keng muhokama qilish maqsadida kelgusi yili Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazishni taklif etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring