“Biz hatto hayvonlarning yemini ham yeyapmiz... Boshqa hech narsa yoʻq” — Sudanlik shifokor mamlakatda kuchli ocharlik kuzatilayotgani aytdi
Foto: Sudan Tribune
Sudanning El-Fasher shahri aholisi harbiy mojarolar fonida davom etayotgan ommaviy ocharchilik tufayli hayvonlarning yemini isteʼmol qilishga majbur boʻlmoqda. Bu haqda “New York Times” nashri oʻz ismini sir qolishini istagan mahalliy shifokorga tayanib yozdi.
“Biz hatto hayvonlarning yemini ham yeyapmiz... Boshqa hech narsa yoʻq”, — degan nashrga shahar shifoxonalaridan birida ishlovchi shifokor.
Taʼkidlanishicha, odamlar hayvonlarning ozuqasini yeyishadi. Nashr buni notoʻgʻri qaror, deydi. Chunki u, ayniqsa, yomgʻirli mavsumda zamburugʻli ifloslanishga moyil. Mahalliy qutqaruvchilarning soʻzlariga koʻra, soʻnggi haftalarda kamida 18 nafar aholi hayvonlarning ozuqasini isteʼmol qilishi oqibatida halok boʻlgan.
“New York Times”ning eslatishicha, BMT oziq-ovqat karvonlari shaharga yaqinlashganda harbiy hujumlarga uchragani uchun bir yildan ortiq vaqt davomida El Fasherga oziq-ovqat yetkazib bera olmayapti. Shu yilning iyun oyida 15 ta yuk mashinasidan iborat karvonga qilingan zarbalardan birida besh nafar gumanitar ishchi halok boʻldi. Avgust oyida yana bir hujumda uchta yordam yuk mashinasini yoʻq qilindi va qolganlarini orqaga qaytishga majbur boʻldi. Qayd etilishicha, bu hujumlarni mojaroning qaysi tomoni amalga oshirgani aniq emas.
2023-yil 15-apreldan beri Sudanda Muhammad Hamdan Daglo qoʻmondonligidagi Tezkor harakat kuchlari va muntazam armiya oʻrtasida shiddatli janglar davom etmoqda. Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi mamlakatda davom etayotgan janglar kasalliklarning avj olishiga va sogʻliqni saqlash tizimining halokatli qulashiga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi.
Shu yilning yanvar oyi boshida Sudanning Rossiyadagi elchisi Muhammad Sirraj “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida mamlakatidagi qurolli mojaro 2025-yilda yakunlanishiga umid bildirgan edi.
Joriy yilning 26-mart kuni Sudan qurolli kuchlari mamlakat poytaxti Xartum shahri Tezkor harakat kuchlaridan toʻliq ozod qilingani va uning atrofidagi pozitsiyalariga hujum qilishda davom etishini eʼlon qildi. Oʻz navbatida, qoʻzgʻolonchilar aprel oyining birinchi yarmida mamlakat janubi va gʻarbida, ayniqsa, Darfur va Kordofan viloyatlarida harbiy harakatlarni kuchaytirdilar va 15-aprelda oʻz nazorati ostidagi hududlarda oʻz hukumatini tuzishni eʼlon qildilar. Qurolli mojaroda har ikki tomon bir-birini tinch aholini oʻldirishda ayblamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring