“Bitta yaxshi maktabga direktor qilib qoʻyaman” — vazirlik xodimi ayolga jinsiy aloqa evaziga lavozim taklif qildi

19:01 09 Sentyabr 2025 Jamiyat
279 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimining jinsiy aloqa evaziga ayolga menejerlik sertifikatini olish hamda maktab direktorligiga tayinlashda yordam berishi haqidagi muloqot xabari tarqaldi. Vazirlik matbuot kotibi Dilfuza Sobirova holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, ushbu vaziyat ishtirokchisi boʻlgan vazirlik xodimi lavozimidan ozod etilgan. Biroq mazkur mansabdorning shaxsi va lavozimi ochiqlanmagan.

“Vazirlik sohaga doir korrupsion holatlar hamda manfaatlar toʻqnashuviga mutlaqo qarshi. Shuningdek, tizimda mehnat qilayotgan barcha xodimlarning kasbiy odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishi tarafdori”, deb yozadi MMTV matbuot kotibi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, shu kabi noqonuniy vaziyatlarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?