Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan NTTga bir martalik subsidiya ajratiladi
“Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–51-son, 01.02.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2024-yil 1-martdan quyidagilar joriy etiladi:
— nodavlat taʼlim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda BHMning 75 baravarigacha, nogironligi boʻlgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish tizimini nazarda tutuvchi dastur;
— xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha qismini qoplab berish tartibi;
— ingliz tilini bilish boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibi.
Shunga koʻra, subsidiya olish hamda xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqish va ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul koʻrsatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring