“Bitcoin” narxi keskin pastlab ketdi. Buning sababi nima?
20-dekabrga oʻtar kechasi kriptovalyuta narxi 102,715 dollarni tashkil qilgan, keyinchalik uning narxi keskin pasayib 95 ming dollargacha tushib ketdi.
“Bitcoin”ning narxi AQSH federal zaxira tizimini kriptovalyutada yaratishdan bosh tortgani sababli keskin pasayib, 100 ming dollardan ham quyilagan. Bu haqida “RBC” nashri xabar berdi.
Trampning qayta saylanishi fonida riskli aktivlarga, jumladan “Bitcoin” kabi kriptovalyutalarga talab oʻsdi. Uning federal zaxira tizimini kriptovalyutada yaratish haqida bayonotidan soʻng, aktiv narxi 17-dekabr kuni 108,3 ming AQSH dollaridan oshdi.
Bulardan bir kun oʻtib esa, AQSH Federal zaxira raisi bu taklifni rad etgan va keskin izohlar bergan.
5-dekabr kuni “Bitcoin” kursi 100 ming dollardan oshgan. Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 7:40 atrofida psixologik belgidan oʻtgan. Yarim soat oʻtgach, token uchun 103 ming dollardan ortiq taklif berilib, soʻng narx ushbu belgi atrofida kichik tebranishlar bilan barqarorlashgan edi.
Rad etilishdan keyin, 20-dekabrga oʻtar kechasi kriptovalyuta narxi 102,715 dollarni tashkil qilgan, keyinchalik uning narxi keskin pasayib 95 ming dollargacha tushib ketdi.
“Bitcoin” 5-noyabrdan beri 50% ga oʻsdi, bu koʻp jihatdan kiruvchi maʼmuriyat kriptografiyani kuchaytiradi degan umidlar tufayli edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring