Birinchi chorakda gaz eksporti hajmi 30 foiz kamaydi
2020-yilning I choragida joriy qilingan karantin chora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb etib, transchegaraviy pul oʻtkazmalarining umumiy hajmiga salbiy taʼsiri boʻyicha xatarlar roʻyobga chiqmadi va 2019-yilning mos davriga nisbatan oʻsish trendini saqlab qoldi. Bundan tashqari, oltin narxining jahon bozoridagi pozitiv dinamikasi eksport hajmi qisqarishini qisman qoplash imkoniyatini yaratdi.
2020-yilning I choragida tovarlar boʻyicha tashqi savdo aylanmasi 7,0 mlrd. dollarni tashkil etdi (2019-yilning I choragida 7,8 mlrd. doll.). Shundan eksport hajmi 2,7 mlrd. dollar va import hajmi 4,3 mlrd. dollarga teng. Shu munosabat bilan, savdo balansining defitsiti 1,6 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Tovarlar eksporti hajmi 2019-yilning I choragiga nisbatan 11 foiz kamaydi. Oltin va gazning eksportdagi ulushi mos ravishda 37 foizni hamda 9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, 2019-yilning I choragiga nisbatan gaz eksporti hajmida 30 foizga kamayish kuzatildi.
2020-yilning I choragida tovarlar eksportining hajmi oʻtgan yilga nisbatan 6 foizga kamaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring