Bir necha bor sudlangan fuqaro tuman IIB binosiga kelib, oʻziga lezviya bilan jarohat yetkazgani holati boʻyicha maʼlumot berildi

10:27 12 Iyul 2021 Jamiyat
864 0

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryo viloyatida yangi «vorzakon» paydo boʻldi» sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Muzrabot tumani ichki ishlar boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilganida quyidagilar aniqlandi.

2021-yil 26-aprel kuni kunduzi soat 16:30lar atrofida 1981-yilda Muzrabot tumanida tugʻilgan, muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan besh marotaba, 277-moddasi bilan 1 marotaba, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasi (bosqinchilik) bilan bir marotaba sudlangan, vaqtincha ishsiz, Muzrabot tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi fuqaro M.Abduraxim tuman IIB binosiga mast holda kelib, sababsiz baqir-chaqir qilib, tuman IIB xodimlari uni tinchlantirishga urinishiga qaramasdan, muqaddam sudlanganligi sababli zarurat tugʻilgan vaqtda tuman IIBga profilaktik suhbatga chaqirtirilayotganligidan norozi ekanligini bildirib, yonida boʻlgan bir marotabalik soqol olish uchun moʻljallangan olmos (lezviya) boʻlagi bilan oʻzining tana qismini bir necha joyidan tilib oʻziga tan jarohati yetkazgan. Shu sababli tuman IIB TB NQ katta inspektori uning yoniga borib qoʻlidagi olmosini topshirishini soʻrab, olmosni olmoqchi boʻlganida M.Abduraxim olmosni boʻyin qismiga olib kelib “yaqinlashsalaring tomirimni kesaman!”-deb, baqir-chaqirni davom ettirgan. Shundan soʻng M.Abduraxim bilan tushuntirish ishlari davom ettirilishi natijasida qoʻlidagi olmosini otib yuborgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilib, unga tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan shu vaqtning oʻzida Muzrabot tuman prokuraturasiga xabar qilingan. Mazkur holat ushbu kuni tuman IIB TB NQ katta inspektori tomonidan tuman IIBning Shakl-2 kitobiga rasmiylashtirilgan. Fuqaro M.Abduraxim hushyor holga kelgach undan holat yuzasidan tushuntirish xati olinganida, qilgan ishidan pushaymonligini, pivo ichib mast holatda boʻlganligi sababli oʻzining xatti-harakatlarini boshqara olmaganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan 2021-yil 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishdan rad etilganligi maʼlum boʻldi

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер