“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili samarasi

11:39 17 Iyun 2025 Jamiyat
131 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyilining joriy etilishi bugungi kunga kelib oʻz samarasini bera boshladi. Jumladan, Ulugʻnor tumanidagi 43 gektar maydonda yetishtirilgan pomidor hosili Rossiya va Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda.

— Mamlakatingizda aholiga yaratilgan sharoitlarni faqat havas qilish mumkin, — deydi tojikistonlik tadbirkor Xudoyqul Gadoyev. — Ekin maydonlarining “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida fuqarolarga uzoq muddatga ijaraga berilishi, oilalardagi moddiy taʼminotni mustahkamlab qolmasdan, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishiga ham xizmat qiladi.

Bugungi moʻl xirmonni koʻtarishda 279 nafar dehqonlar samarali mehnat qildi. Natijada har kuni 40 tonna hosilni eksportga yoʻnaltirishga erishilmoqda. Bu har bir dehqonning 100 million soʻmdan ziyod daromad olish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?