Bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi

18:21 06 Mart 2025 Jamiyat
194 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir xonadonga uch qopdan chiqindi limiti qoʻyilibdi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. Bunga Toshkent shahar hokimligi oʻz munosabatini bildirdi.

Unga koʻra, oʻrnatilgan limitlar haqidagi maʼlumotlar mutlaqo asossiz. Shahar boʻylab maishiy chiqindilarni yigʻish va olib ketish boʻyicha hech qanday cheklovlar joriy etilmagan. Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu xizmatlar odatdagidek davom etmoqda.

Agarda isteʼmolchilarda chiqindilarni olib chiqish xizmati boʻyicha savol yoki fikr-mulohazalar boʻlsa, 71-247-01-11 va 71-247-79-21 raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, @maxsustrans_support Telegram guruhida dispetcherlarga murojaat yuborish mumkin.

Hokimlik aholidan turli xabarlarga ishonishdan avval ularni tekshirib koʻrish va bu rasmiy ekanligiga ishonch hosil qilishni soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер