Bir daqiqada ham gʻalaba golini urib, ham qizil kartochka olish mumkinmi?
Kecha, 23-sentyabr kuni Angliya kubogining 3-bosqichidan oʻrin olgan bahsda “Liverpul“ oʻz maydonida “Sautgempton“ni qabul qildi.
Uchrashuv 2:1 hisobida maydon egalarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Aleksandr Isak oʻyindagi hisobni ochdi. 76-daqiqada mehmonlar futbolchisi Shi Charlz hisobni tenglashtirdi.
Oʻyindagi eng qiziq voqea esa 86-daqiqada yuz berdi. Aynan shu vaqt oʻyinga zaxiradan qoʻshilgan “Liverpul“ hujumchisi Yugo Ekitike dastlab jamoasining gʻalaba goliga mualliflik qildi. Keyin esa golni libosini yechgan holda muxlislar oldida nishonladi.

Futbol qoidalariga koʻra, maydonda libosini yechgan futbolchi sariq kartochka bilan jazolanadi. Ekitikega nisbatan ham shunday jazo qoʻllanildi. Afsuski, bu futbolchiga ushbu oʻyinda koʻrsatilgan ikkinchi sariq kartochka edi. Shu sabab gʻalaba golini kiritgan futbolchi maydondan chetlatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring