Bir aʼmo bolaning hasrati

16:50 27 Yanvar 2020 Madaniyat
1122 0

Eshitarmanki, kun (oftob) koʻb goʻzal... Nahr boʻyinda, suvning ustida uzayib osilgan gullarning koʻrunishi koʻb latif emish... Nozik-nozik sayragan qushlarning ... Havoyi qoʻsh qanotlarining uchushinda koʻrulaturgon nimarsalardan emish!.. Eshitarmanki, kechalari koʻk yuzinda yoshurungon yoruqlar koʻrunar emish... Mavj va girdoblaridek hazin boʻlgan dengiz ichinda oq chotirlik kemalar oqub ketarlar emish!... Eshitarmanki, gullarning ranglari islarindan, suluvlikda yana ziyoda emish. Daralar... Togʻlar... Maydonlar... Suvlar, beshalar, xususan, tong zamonlari u qadar latif... u qadar totli emishlarki, bu qadar buyuklik va ehtishomgʻa qarshi inson hayratindan sajdagʻa ketarmish. Lekin, man ana ul gulduragani eshitilaturgon dengizni... na u ranglik gullarni... na koʻk yuzini... na kunni... na beshalarni... na u yaxshi mevalarni... na qushlarni... na oydinlikni... koʻrolmasligimdan taassuf etmayman. Xayr, Ollohim! Xayr! Shu foniy olamning yaxshiligindan hech birini orzu etmayman, magar... Hayhot!... Onajonimni koʻrsaydim!

Muharriri: fransuz qizi Sorrun

Mutarjimi: Rijoizoda marhum Mahmud Akram*.

Usmonlichadan tabdil etgoni: Mahmudxoʻja.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер