“Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi
“Farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 10.01.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:
➖ 2024–2025-yillarda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
➖ farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yigʻma parametrlari;
➖ “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (Klaster) faoliyatini jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.
Klaster hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qoʻshimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qarorga koʻra, shuningdek:
— har yili 1-dekabrgacha tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan talab va ehtiyoj shakllantiriladi va internet saytida joylashtiriladi;
— 2024-yil 1-martdan davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmatsevtika mahsulotini (xalqaro patentlanmagan nomi boʻyicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin boʻlgan tizim joriy qilinadi;
— 2025-yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga oʻtkaziladi.
2024-yil yakunigacha hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlari “Zarur saqlash amaliyoti – (GSP)” talablari asosida tashkil etiladi va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring