“Binance” Oʻzbekistonga kirib kelmoqda
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabariga koʻra, “Binance” tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi foydalanuvchilariga xizmat koʻrsatish masalasi hal qilindi.
Kripto-birja oʻz faoliyatini belgilangan tartibda mahalliy “CoinPay” platformasi orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Negaki, “CoinPay” MCHJ kripto-aktivlar aylanmasi sohasida rasmiy xizmat koʻrsatuvchi provayder boʻlib, u birja va kripto-doʻkon faoliyatini olib borish uchun tegishli litsenziyalarga ega.
Rezidentlar coinpay.uz orqali “Binance”ga kirish, oʻz mablagʻlarini bank kartalari va milliy toʻlov tizimlarida kiritish hamda chiqarish imkoniyatiga ega boʻladilar. Foydalanish hamkor platformalarining barcha modullari, jumladan, milliy toʻlov tizimlari bilan integratsiyalashuvdan soʻng boshlanadi.
2024-yilning yanvar oyida Agentlik tomonidan “Binance” kripto-birjasiga nisbatan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarima qoʻllash haqidagi qaror qabul qilingan edi. Shundan soʻng, tegishli daʼvo arizasi Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.
2024-yilning 26-martidan 7-iyuniga qadar boʻlib oʻtgan sud jarayonlari yakuniga koʻra, sud arizani toʻliq qondirish hamda kripto-birjadan bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarimani Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga belgilangan tartibda undirish haqida qaror qabul qilgan va birja jarimani toʻliq toʻlagan.
Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish yoki ayirboshlash boʻyicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishlari lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring