Beshta viloyatda qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

10:09 19 Mart 2025 Jamiyat
205 0

“Oʻzgidromet” agentligi Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchish xavfi borligidan ogohlantirdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga 20—25-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sabab boʻladi. Ushbu hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.

“Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi agentlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?