Beshmerganga “turizm qishlogʻi” maqomi berilishi mumkin
Xorazm viloyatining Shovot tumanida joylashgan Beshmergan qishlogʻiga “turizm qishlogʻi” maqomi berilishi mumkin. Qishloq fuqarolarining viloyat hokimiga yoʻllagan ayni shu mazmundagi murojaatini oʻrgangan ishchi guruh shunday xulosaga keldi.
Qishloqda Abduxoliq Gʻijduvoniy va Ahmad Yassaviyning ustozi hisoblangan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi joylashgan.Bu qadamjo ziyoratchilar oqimi boʻyicha Xivadagi Pahlavon Mahmud ziyoratgohidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi .
Qishloq markazidan ikki kilometr uzoqlikda turistik yoʻnalishga kiritilgan Xorazmning koʻhna shaharlaridan biri – Katqalʼa yodgorliklari joylashgan. 2000-yillik tarixga ega, bagʻrida 40 dan ortiq baliq turlari mavjud boʻlgan Achchiqkoʻl esa ekoturizmni rivojlantirishda juda qulay imkoniyatlarga ega. Qishloqning 20 nafardan ortiq tadbirkorlari ziyorat, gastronomik va ekoturizm, hunarmandchilik, uy mehmonxonalari tashkil etish uchun loyihalarini taqdim etishgan.Ushbu tashabbuslarning qoʻllab-quvvatlanishi natijasida Beshmergan qishlogʻi yaqin yillarda viloyatning yirik sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi mumkin.
Odilbek Odamboyev
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring