Beshariqda “yashil” energiya stansiyasi ishga tushiriladi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. 2024-yilning 13-dekabr sanasi mamlakatimiz energetikasi sohasida oʻziga xos tarixiy kunga aylandi. Shu kuni davlatimiz rahbari tomonidan tarmoqni jahon andozalari va zamonaviy mezonlar asosida isloh qilish imkonini beruvchi bir necha yangi quvvatlar qurilishiga start berildi.
Xususan, Beshariq tumanining 1060 gektar choʻl hududida quvvati 500 mvt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishiga kirishildi. Loyiha qiymati 350 million dollar boʻlib, u 458 ming aholi xonadonining bir yillik isteʼmoliga teng “yashil“ energiya ishlab chiqarish imkonini beradi.
Germaniyaning “Hayper Partners“ kompaniyasi investorligida amalga oshirilayotgan ushbu quyosh fotoelektr stansiyasining qurilish-montaj ishlari Xitoyning “Chayna Vestern Paver Indastrial“ kompaniyasi tomonidan bajarildi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 333 million kub metr tabiiy gazni tejash atmosferaga 462 ming tonna zaharli gazlar chiqishining oldi olinadi. Loyihaning dastlabki quvvatlari 2025-yil yakuniga qadar tarmoqqa ulanib, 2026-yilning toʻrtinchi choragida toʻliq ishga tushirilishi belgilangan.
— Bu loyiha doirasida yiliga 1 milliard 100 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, aholi farovonligi yuksalishi, tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʻsishida katta yutuqqa erishiladi,—deydi Beshariq tumani hokimi oʻrinbosari Otabek Alimatov.— Mazkur loyiha yurtimizni “yashil“ energetika xabiga aylantirishga qaratilgan izchil saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida ham ahamiyatlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring