“Besh tashabbusi olimpiadasi”: Namanganda stol tennisi boʻyicha “C” liga Respublika final bosqichi gʻolib va ​​sovrindorlari aniqlandi

14:50 07 Dekabr 2022 Sport
909 0

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi

Namangan shahridagi “Besh tashabbusi” oʻyinida “stol tennisi boʻyicha C” liga Respublika final bosqichi oʻtkazildi.

Natijalarga koʻra:

— 16-21 yosh bosqichidagi qizlar oʻrtasida 1-oʻrin Joniyeva Jasmina (Qashqadaryo viloyati), 2-oʻrin Akinbayeva Hurshida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), 3-oʻrin Mirzayeva Madina (Fargʻona viloyati);

— 16-21 yosh toifasidagi oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1-oʻrin Sadullev Nurbek (Samarqand viloyati), 2-oʻrin Salohiddinov Firdavs (Andijon viloyati), 3-oʻrin Aminov Shahzod (Qoraqalpogʻiston Respublikasi);

— 22-26 yosh toifasidagi qizlar oʻrtasida 1-oʻrin Shukurova Zarafshon (Sirdaryo viloyati), 2-oʻrin Toshtemirova Mohinur (Samarqand viloyati), 3-oʻrin Shavkatova Shahzoda (Namangan viloyati);

— 22-26 yosh toifasidagi oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1-oʻrin Bozorov Shahzod (Sirdaryo viloyati), 2-oʻrin Rustamov Oybek (Toshkent viloyati), 3-oʻrin Teshayev Fazliddin (Navoiy viloyati);

— 27-30 yosh toifasidagi qizlar oʻrtasida 1-oʻrin Abdujaborova Jumagul (Fargʻona viloyati), 2-oʻrin Isroilova Maftuna (Navoiy viloyati), 3-oʻrin Hamidova Oʻgʻiloy (Surxondaryo viloyati);

— 27-30 yosh toifasidagi oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1-oʻrin Olimov Bobur (Namangan viloyati), 2-oʻrin Rafasov Marat (Navoiy viloyati), 3-oʻrin Soliyev Siroj (Samarqand viloyati) yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Gʻoliblarga diplomlar, medallar va qimmatbaho esdalik sovgʻalariga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?