“Besh ming qadam piyoda yurish”
Uchtepa tumanida oltmishga yaqin mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda mahallalarning nuroniy otaxon va onaxonlari ishtirokida “5 ming qadam piyoda yurish” aksiyasi oʻtkazildi.
Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga tashriflari davomida tumanda keksa yoshdagi kishilar piyoda yurishi, bu esa salomatlikka katta foydasi borligi alohida taʼkidlangan edi. Shu bilan “5 ming qadam piyoda yurish” aksiyasi tashkil etildi. Ushbu tadbir sogʻlom turmush tarzining ajralmas qismi boʻlgani uchun ham boshqa hududlarda muntazam oʻtkazib borish tavsiya etilgan edi.
Shu asosda Uchtepa tumanidagi Lutfiy sayilgohida tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan “5 ming qadam piyoda yurish” aksiyasi uyushtirildi. Unda hududdagi oltmishga yaqin mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, ularning keksa-faxriy ishlari boʻyicha maslahatchilari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
— Piyoda yurgan odam har tomonlama sogʻlom, kayfiyati ham yuqori boʻladi, — deydi «Katta Qaʼni» mahalla fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchisi Ergash ota Holqosimov. — Har kuni tongda va kechki payt oila aʼzolarimiz bilan piyoda yurishni kanda qilmaymiz. Bolalarim, nabiralarim ham shunga oʻrganishgan. Bugungi aksiya esa sogʻlom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qiladi. Bunday tadbirlarni tez-tez oʻtkazish kerak, deb hisoblayman.
Tadbirda ishtirokchilar uchun tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan turli kuy-qoʻshiqlar va koʻngilochar namoyishlar tashkil etildi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring