Besh yillik tanaffusdan soʻng 39 yoshli Ibragimovich yana terma jamoaga jalb etildi
Foto: РИА Новости
Italiyaning “Milan” klubining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich yana terma jamoaga jalb etildi.
“La Gazzetta dello Sport” nashrining yozishicha, hujumchi 2022-yil boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvlarida terma jamoa sharafini himoya qilishi mumkin.
Manbaga koʻra, 39 yoshli hujumchi hozircha faqat terma jamoaning kengaytirilgan roʻyxatiga kiritilgan, ammo katta ehtimol bilan yakuniy roʻyxatda qolishi mumkin.
Jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida Shvetsiya 25-mart kuni oʻz maydonida Gruziya bilan, 28-mart kuni esa mehmonda Kosovo bilan uchrashuv oʻtkazadi. Shuningdek, 31-mart kuni shvedlar Estoniya bilan nazorat bellashuvida maydonga chiqadi.
Ibragimovich 2001 — 2016-yillarda Shvetsiya terma jamoasi sharafini 116 uchrashuvda himoya qilib, 62 ta gol muallifi boʻlgan. 2016-yilgi Yevropa chempionatidan soʻng u terma jamoadagi ishtirokini tugatgan edi.
Sudning adolatsiz hukmiga toʻrt yildan soʻng adolatli nuqta qoʻyildi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring