Benzin ishlab chiqarish hajmi 5,8 % ga oshgan

13:15 23 Mart 2022 Iqtisodiyot
1262 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 196 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8 % ga oshgan.

2022-yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

— Avtomobil benzini – 196 ming tonna;

— Koʻmir – 878,6 ming tonna;

— Neft – 118,3 ming tonna;

— Gaz kondensati – 230 ming tonna;

— Yengil avtomobil – 39 922 dona;

— Avtobus – 68 dona;

— Yuk avtomobillari – 425 dona;

— Avtomobil dvigatellari – 32,8 ming dona.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер