Ben Kingsli Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida butun dunyoga soʻzlaydi
Videodan kadr
Euronews, BBC va CNN xalqaro telekanallari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida “Oskar” mukofoti sohibi Ben Kingsli ishtirokida suratga olingan roliklar namoyishini boshladi.
“Maʼrifat aks-sadosi” turkum filmlarida u yurtimizning buyuk daholari — Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Navoiy va Amir Temur haqida butun dunyoga hikoya qiladi. Maxatma Gandi, Ibn Sino hamda “Fors shahzodasi” filmida Nizom obrazlarini yaratgan afsonaviy aktyor Sharqning ulugʻ merosi ovoziga aylandi.
“Maʼrifat aks-sadosi” — bu buyuk sivilizatsiyalar ovozidir. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Oʻzbekiston bugun jahon tamaddunining taraqqiyot yoʻlini oʻzgartirgan buyuk siymolarni dunyoga yana bir bor eslatmoqda. Biz buyuk shaxslar, sivilizatsiyalar va kashfiyotlar haqida — dadil, yorqin va zamonaviy tarzda soʻzlash, dunyoni ilhomlantirish niyatidamiz”, deydi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori va WOSCU raisi Firdavs Abduxoliqov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring