Ben-Gvir Al-Aqso majmuasida ibodatxona qurmoqchi

15:18 27 Avgust 2024 Sport
258 0

Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Ben-Gvir Al-Aqso majmuasida ibodatxona qurishini aytdi. Mamlakatlar va qator rasmiylar uning status-kvoga qarshi boʻlgan xavfli izohini tanqid qilgan.

Al-Aqso Islom olamining uchinchi muqaddas joyi va Falastinning ramzi hisoblanadi. Vazir jurnalist bilan boʻlgan suhbatda agar unga qolsa hududda ibodatxona qurishini bildirgan. Isroil hukumati tomonidan olib borilgan oʻnlab yillik status-kvoga koʻra, yahudiylar va boshqa musulmon boʻlmaganlar Sharqiy Quddusdagi binoga tashrif buyurishi mumkin, ammo ibodat qilishi mumkin emas.

Ben-Gvir yahudiylarga binoda ibodat qilishga ruxsat berish kerakligini qayd etdi.

“Arablar xohlagan joylarida ibodat qilishlari mumkin, shuning uchun yahudiylar xohlagan joylarida ibodat qilishlari kerak. Hozirgi siyosat yahudiylarga ushbu joyda ibodat qilishga imkon beradi”, degan u.

2022-yil dekabr oyida Milliy xavfsizlik vaziri sifatida ish boshlaganidan beri Ben-Gvir muqaddas joyga kamida olti marta tashrif buyurgan. Al-Aqso masjidi Iordaniya tomonidan boshqariladi, ammo u yerga kirish Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan nazorat qilinadi.

“Al-Aqso va muqaddas joylar musulmonlar uchun toza ibodat maskanidir. Mamlakat muqaddas joylarga qilingan hujumlarni toʻxtatish uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Bu borada kerakli huquqiy hujjatlar tayyorlanmoqda”, deyiladi Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Isroilning bir nechta rasmiylari Ben-Gvirni qoralagan. Benyamin Netanyahu idorasining bayonotida amaldagi siyosatda oʻzgarish yoʻqligini maʼlum qilishgan.

“Maʼbad togʻidagi status-kvoga qarshi chiqish xavfli, keraksiz va masʼuliyatsiz harakatdir”, dedi Mudofaa vaziri Yoav Gallant.

"Ben-Gvirning harakatlari Isroil davlatining milliy xavfsizligiga xavf tugʻdiradi”, deb fikr bildirgan Isroil Muxolifati rahbari Yair Lapid. Uning fikricha Ben-Gvirning sharhlari Netanyahu oʻz hukumati ustidan nazoratni yoʻqotganligini anglatadi.

HAMAS vazirning izohlari xavfli ekanligini aytib, Arab va Islom davlatlarini muqaddas joylarni himoya qilish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga chaqirdi. Misr Tashqi ishlar vazirligi Isroilni oʻz majburiyatlarini bajarishga va keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan provokatsion bayonotlarni toʻxtatishga chaqirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер