Belgraddagi maktablardan birida oʻquvchi kamida toʻqqiz kishini otib oʻldirdi

16:26 03 May 2023 Dunyo
975 0

Foto: AP

Belgradda 14 yoshli oʻsmir maktab qoʻriqchisini otib oʻldirdi va bir necha oʻquvchini yaraladi.

Serbiya poytaxti Belgrad shahri markazidagi maktablardan biriga voyaga yetmagan bola qurol bilan kelib bilan oʻt ochgan. Otishma natijasida bir nafar qoʻriqchi halok boʻlgan, bir nafar oʻqituvchi va bir necha nafar oʻquvchi yaralangan.

Ichki ishlar vazirligining aniqlik kiritishicha, oʻq otgan shaxs taʼlim muassasasining 14 yoshli oʻquvchisi hisoblanadi. U otasining toʻpponchasi bilan otishma sodir etgan. “Bosqinchi” qoʻlga olingan.

Mahalliy “Telegraf” portaliga koʻra, qoʻriqchidan tashqari maktabning sakkiz nafar oʻquvchisi halok boʻlgan. Manba yaradorlar soniga aniqlik kiritmagan. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Qayd etilishicha, Tirshova koʻchasidagi bolalar shifoxonasiga uch nafar oʻquvchi yotqizilgan. Ularning ahvoli ogʻir, deb baholanmoqda.

Avvalroq, Braziliyaning San-Paulu shahridagi maktabda 13 yoshli oʻquvchi 71 yoshli oʻqituvchini oʻldirib, yana uch nafar oʻqituvchi va bir oʻquvchini jarohatlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?