Belarus kinoijodkorlari – Gulistonda
Foto: Ahmadali Shernazarov / Xalq soʻzi
Guliston shahrida “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Belarus kinosi kunlari boshlandi.
Mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Soʻngra Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan badiiy-musiqiy dastur namoyish etildi.
Belarus kinoijodkorlarining “Qizaloq dadasini qidirmoqda”, “Oq shabnamlar”, “Mening ismim Arlekino” kabi mashhur filmlarini butun dunyo, shu jumladan, oʻzbek kino ixlosmandlari ham sevib tomosha qiladilar. Kinofestivalda belaruslik kinoijodkorlar tomonidan ishlangan va kinofestival nominatsiyalariga kiritilgan “Urush. Inson boʻlib qolmoq”, “Qoʻporuvchi taqdiri”, “Prantish Virvichning sarguzashtlari”, “Oʻyinchi taqdiri” kabi kinokartinalar namoyish etildi.
Shuni ham alohida taʼkidlash joizki, 2020-yil davomida “Belarusfilm” kinostudiyasi ishtirokida rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan, urushda besh oʻgʻlidan judo boʻlgan Zulfiya Zokirovaning fojiali taqdiri haqida hikoya qiluvchi “Ilhaq” kinofilmining harbiy epizodlari aynan Belarus zaminida suratga olingan. Bu yurtda suratga olingan ikkinchi loyiha rejissyor Hilol Nasimovning “Meros” filmidir. Unda oʻzbek va qozoq xalqlarining olis oʻtmishga borib taqaluvchi doʻstlik tarixi, urf-odat va anʼanalarining uygʻunligi bayon etiladi. Soʻnggi kinokartina – rejissyor Ibrohim Rasulov tomonidan suratga olingan “Sevgi bahori” filmida atoqli shoir Hamid Olimjonning hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring