Belarus xokkey boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatini oʻtkazish huquqidan mahrum qilindi

01:37 19 Yanvar 2021 Sport
1106 0

Foto: РИА Новости

 

Xalqaro xokkey federatsiyasi joriy yilda Belarusni joriy yilda xokkey boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazish huquqidan mahrum qildi. 

Yaʼni, federatsiya Belarusdagi siyosiy vaziyatning notinchligi sababli yuqori darajadagi musobaqani boshqa mamlakatga oʻtkazishga qaror qilgan.

Izohlanishicha, musobaqa paytida Minskda jamoalar, tomoshabinlar va rasmiylarning xavfsizligini taʼminlashda muammolar yuzaga kelishi mumkin.

11-yanvar kuni Xalqaro xokkey federatsiyasi rahbari Rene Fazel Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashib, musobaqani oʻtkazish imkoniyatlarini muhokama qilgan edi. 

Oldinroq koʻplab kompaniyalar jahon chempionati Belarusda oʻtadigan boʻlsa homiylik qilishdan bosh tortishini bildirgandi.

2020-yil avgust oyida Belarusda prezidentlik saylovi boʻlib oʻtgan edi. Unda amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko gʻolib chiqdi va shundan soʻng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?