Bektemir tumanida yuk avtomashinasi piyodani urib yubordi

Toshkent shahri Bektemir tumanida yuk mashinasi 56 yoshli fuqaroni urib yubordi. Oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Bu haqida poytaxt YHXB matbuot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 13-aprel kuni soat 22:00 larda Bektemir tumani Xonobod koʻchasida 1998-yilda tugʻilgan D.A. “Howo” rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan 1969-yilda tugʻilgan piyoda G.D.ni urib yuborgan.
Mazkur YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring