BBC: Tolibon Afgʻonistondagi universitetlarda ayollar yozgan kitoblarni taqiqladi
BBC xabariga koʻra, Afgʻoniston oliy taʼlim muassasalarida ayollar tomonidan yozilgan kitoblar taʼlim dasturidan chiqarib tashlandi. Shuningdek, Tolibon shariatga zid deb hisoblangan 18 ta fan boʻyicha dars oʻtishni taqiqladi. Ularga jinsiy zoʻravonlik mavzulari ham kiritilgan.
Maʼlum qilinishicha, yangi koʻrsatmalar avgust oxirida eʼlon qilingan.
679 ta “antishariat mazmunli” kitoblar roʻyxatidan qariyb 140 tasi ayollar qalamiga mansub. Ulardan biri “Kimyo laboratoriyasida xavfsizlik” nomli darslikdir. Shuningdek, taqiqlangan 18 fan orasidan oltitasi bevosita ayollar mavzusiga bagʻishlangan: “Gender va taraqqiyot”, “Ayollarning kommunikatsiyadagi oʻrni”, “Ayollar sotsiologiyasi” kabi yoʻnalishlar endilikda universitetlarda oʻqitilmaydi.
Oʻquv adabiyotlarini qayta koʻrib chiqish qoʻmitasi aʼzosi bu qarorni tasdiqlab, shunday degan:
— Ayollar tomonidan yozilgan barcha kitoblarni oʻqish taqiqlanadi.
Shuningdek, taqiqlar faqat ayol mualliflarga emas, balki eronlik yozuvchilarning asarlari yoki Eron nashrlarida chop etilgan kitoblarga ham tatbiq etildi.
Komissiya aʼzolaridan birining aytishicha, bu qaror “Eron kontenti Afgʻoniston taʼlim tizimiga kirib kelishining oldini olish” uchun qabul qilingan. 50 betlik roʻyxatda jami 679 ta kitob nomi qayd etilgan boʻlib, ulardan 310 tasi eronlik mualliflar yoki Eron nashrlariga tegishli.
Tolibon hukumatining Oliy taʼlim vazirligi akademik direktor oʻrinbosari Ziyorur Rahmon Aryubi universitetlarga yuborgan maktubida bu qaror diniy olimlar va mutaxassislar guruhi tomonidan qabul qilinganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring