“BAT Uzbekistan” kompaniyasi rahbariyatiga Oʻzbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari topshirildi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda qariyb 30-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “BAT Uzbekistan” AJ qoʻshma korxonasi (UZBAT) birja savdolari orqali “Oʻzbekgidroenergo” AJning 2000 dona “yashil energiya” sertifikatlarini xarid qilgan edi.
“Yashil energiya” sertifikati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat hisoblanadi.
Bugun, 23-fevral kuni Samarqand shahrida “BAT Uzbekistan” kompaniyasi rahbariyatiga Oʻzbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari rasman topshirildi. Tadbirda “Oʻzbekgidroenergo” AJ Transformatsiyani amalga oshirish ofisi rahbari Pahlavon Nurmatov ishtirok etdi.
Aytish lozimki, 2 ming dona “yashil energiya” sertifikatini xarid qilgan “BAT Uzbekistan” kompaniyasi oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun joriy yilning yanvar va fevral oylarida ishlatgan elektr energiyasining 100 foiz qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.
Tadbir davomida Jamiyatda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari, barqaror rivojlanish boʻyicha erishilgan yutuqlar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hajmini oshirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar toʻgʻrisida fikr almashildi.
Shuningdek, “BAT Uzbekistan” kompaniyasi vakillari tomonidan barqaror rivojlanish, ijtimoiy, ekologik yoʻnalishlarda erishilgan yutuqlar boʻyicha taqdimot qilindi.
Maʼlumot uchun: I-REC (Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti) sertifikatlari GHGP, CDP, RE100, ISO va boshqalar kabi barqaror rivojlanishning xalqaro standartlariga muvofiq beriladi. Elektr energiyasi isteʼmolchilari ulardan ushbu standartlar talablariga javob berish, shuningdek korporativ ijtimoiy javobgarlik sohasidagi maqsadlariga erishish uchun foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga hissa qoʻshish imkonini beradi. Bu, oʻz navbatida, ularning ekologik nufuzini yaxshilashga va yangi isteʼmolchilarni jalb qilishga yordam beradi.
Shu bilan birga, eksport kompaniyalari uchun yangi bozorga kirish, oʻz mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro bozor talablariga muvofiqlashtirish hamda belgilangan bojxona imtiyozlariga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring