“Bashakshehir” Yevropa Konferensiyalar ligasining soʻnggi pley-offiga yoʻl oldi
Kecha, 13-avgust kuni Yevropa Konferensiyalar ligasi musobaqasining 3-saralash bosqichi oʻyinlari davom ettirildi. Xususan, oʻzbekistonlik futbolchilar — Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev toʻp surayotgan “Bashakshehir” klubi javob oʻyini doirasida Norvegiyaning “Viking” jamoasini qabul qildi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu jamoalar oʻrtasidagi dastlabki bahs 7-avgust kuni Stavanger shahrida oʻtgan va unda “istanbulliklar” 1:3 hisobiga gʻalaba qozongan edi.
Shu sababli ushbu oʻyinda durang natija ham turk klubini qanoatlantirardi. Amalda ham shunday boʻldi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Gollarga “Bashakshehir”dan Devi Zelke mualliflik qilgan boʻlsa, “Viking” klubi tomonidan kiritilgan gol Onur Bulut hisobiga avtogol sifatida yozildi.
Eldor Shomurodov yangi jamoasida shu kun, rasmiy oʻyinlarda birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdi va 83-daqiqada Yusuf Sariga almashtirildi.
Eldor maydonda harakat qilgan daqiqalarida bitta golli uzatma amalga oshirish bilan bir vaqtda, paslarining aniqligi boʻyicha 66 foizlik koʻrsatkich qayd etdi. Yakkama-yakka kurashlarda 3-marta yutib chiqdi, 2-marta dribling namoyish etdi.
Eldorning oʻyinini “Sofascore” portali 7 ballga baholadi. Bu jamoadagi eng yaxshi natijalaridan biri boʻldi.
Shu tariqa “Istanbul Bashakshehir” klubi musobaqaning hal qiluvchi pley-offiga chiqdi. Jamoaning bu bosqichdagi raqibi nomiga 3-saralash sikli yakunida oydinlikka kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring