“Barselona”ni “yutqazib berish”ga chaqirilgan jamoa yutib ketdi. Katalonlar 12-yildan beri yutib kelayotgan kubogidan ham ayrildi
Foto: sportsduina
“Barselona” Joan Gamper kubogida Fransiyaning “Monako” klubiga 0:3 hisobida yutqazib qoʻydi. Bu haqda “Bein Sports” nashri xabar bermoqda.
Dastlabki optimizm va kuchli boshlangʻich tarkibga qaramay, “Barselona” oʻz imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qiynaldi. “Monako” esa ikkinchi boʻlimda oʻz imkoniyatlaridan unumli foydalandi.
“Monako” futbolchisi Lamin Kamara tanaffusdan koʻp oʻtmay himoyadagi xatodan foydalanib hisobni ochdi. Breyel Embolo tezda ikkinchi golni, Kristian Mavissa esa uchinchi golni kiritdi.
Gap shundaki, fransuzlar katalonlarning 12-yildan beri davom etayotgan gʻalabali seriyasini toʻxtatdi. Ushbu oʻrtoqlik maqomidagi kubok uchun finalga chaqiriladigan har bir jamoa ushbu sovrinni shu yerda qoldirib ketardi. Masalan, soʻnggi marotaba 2012-yilda Italiyaning “Sampdoria” klubi 0:1 hisobida “Barselona” ustidan gʻalaba qozongandi.
Gamper kubogi 1966-yildan beri oʻtkazib kelinadi va 46 marotaba kubok Kataloniyada qolgan. Chaqiriladigan raqiblar asosan “yutqazib berish” uchun keladi deyish ham mumkin.
Avvalroq, Parij-2024 qahramonlari Prezident sovgʻalarini qabul qilib olishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring