“Barselona” La Ligadagi oltinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 28-sentyabr kuni Ispaniya La Ligasining 7-turidan oʻrin olgan bahslar yakunlandi. Kun doirasida “Barselona” klubi oʻz maydonida “Real Sosiyedad”ni qabul qildi. Uchrashuv Hans Flik jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 31-daqiqada Alvaro Odriosola tomonidan ochildi. Oradan 12 daqiqa oʻtib, “Barselona” himoyachisi Jyul Kunde hisobni tenglashtirdi. Birinchi taym shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 59-daqiqasida “Barselona” gʻalaba golini kiritdi. Jarohatdan qaytgan Lamin Yamalning uzatmasidan soʻng, Robert Levandovski hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirdi. Bahsning qolgan daqiqalarida hisob oʻzgarmadi va “Barselona” La Ligadagi oltinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Mazkur gʻalaba evaziga “kataloniyaliklar” La Liga turnir jadvalida 1-oʻringa koʻtarilib oldilar. Ayni paytda “koʻk-anorranglilar” hisobida 19 ochko mavjud.
Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali “Barselona” yarim himoyachisi Pedrini “oʻyin qahramoni” deb topdi. Uning harakatlari portal tomonidan 8,1 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Barselona” keyingi oʻyinini UEFA Chempionlar ligasi doirasida PSJga qarshi oʻtkazadi. Mazkur oʻyin 2-oktyabr sanacida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring