Barmoq izlarining takrorlanmasligi haqidagi haqiqat endi afsonami?

Illyustrativ foto
Barmoq izlari oʻnlab yillar davomida inson shaxsini identifikatsiya qilishning bexato usuli sanalib kelgan.
Kriminalistikada ular mutlaq yagonaligi haqidagi taxminga asoslangan muhim dalil qoʻllaniladi. Hatto bir kishining turli barmoq izlari ham bir-biriga toʻgʻri kelmaydi, deb hisoblangan. Biroq Kolumbiya universitetidan Geyb Go boshchiligida oʻtkazilgan yangi tadqiqot bu qoidani shubha ostiga qoʻydi.
Olimlar bir odamning turli barmoqlari qoldirgan izlar qanchalik farq qilishini tekshirish uchun neyron tarmoq va 60 000 ta izdan iborat bazadan foydalandi. Natijalar kutilmagan boʻldi: algoritm ikkita iz bir odamga tegishli ekanligini 77 foiz aniqlik bilan koʻrsatishga muvaffaq boʻldi. Bu hatto bir qoʻlning turli barmoqlari boʻlsa ham.
Chiziqlar tugashi va tarmoqlanish kabi mayda xususiyatlarga tayanadigan klassik kriminalistikadan farqli oʻlaroq, sunʼiy intellekt birmuncha yirik vizual andozalarni — burchaklar, egilishlar va buramalarning umumiy formasini tahlil qildi. Ushbu tuzilmaviy belgilar ilgari taxmin qilinganidan koʻra koʻproq maʼlumotga ega ekanligi maʼlum boʻldi.
Sud ekspertizalari tomonidan shubha bildirilganiga qaramay, tadqiqotchilar jamoasi ishni davom ettirdi va oʻz xulosalarini “Science Advances” jurnalida eʼlon qildi.
Ularning tadqiqoti shuni koʻrsatadiki, anʼanaviy metodlar muhim vizual belgilarni oʻtkazib yuborishi mumkin. Agar yangicha yondashuvlar oʻz tasdigʻini topsa va eʼtirof etilsa, bu nafaqat kriminalistika, balki inson taqdirini ham oʻzgartirishga qodir. Gap bu yerda baʼzi jinoiy ishlar qayta koʻrib chiqilishi, notoʻgʻri jazolanganlar esa oqlanishi ehtimoli haqida bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring