“Barcha rahbarlarni qatʼiy ogohlantiraman”: Shavkat Mirziyoyev sudlar faoliyatiga har qanday aralashish qattiq javobgarlikka olib kelishini bildirdi
Davlatimiz rahbari sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish doimo diqqat markazida boʻlishi zarurligini taʼkidladi.
Soʻnggi yillarda sudlar mustaqilligini taʼminlash boʻyicha katta islohotlar amalga oshirildi. Lekin sudyalarni majlisga chaqirish, ularga vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash holatlari ham uchrab turgani qayd etildi.
Shuningdek, ayrim idoralar tomonidan sudga taʼsir oʻtkazishga urinishlar hali-hanuz davom etayotgani koʻrsatib oʻtildi.
“Barcha rahbarlarni qatʼiy ogohlantiraman. Sudlar faoliyatiga har qanday aralashish odil sudlovga soya solish, deb baholanadi. Bu boʻyicha soʻrov ham, javobgarlik ham qattiq boʻladi”, — dedi Prezident.
Odil sudlovni amalga oshirishda advokatlar oʻrni juda muhim. Bu borada advokatlarga himoyasidagi fuqaroga oʻz vaqtida huquqiy yordam koʻrsata olishlari uchun imkoniyat yaratish kerakligi qayd etildi.
Mutasaddilarga uch oy ichida sifatli yuridik yordam koʻrsatilishida advokatlar faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha qonun loyihasini kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring