Barcha normativ-huquqiy hujjatlar bosh qomusimizga asoslanadi

18:13 02 Dekabr 2023 Hujjatlar
1072 0

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi va Adliya vazirligi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminar tashkil etildi.

Unda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda oliy va professional taʼlim muassasalari barcha rahbar-xodimlari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etdi.

Seminarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova kirish soʻzi bilan ochib, yangi tahrirdagi bosh qomus fuqarolar tomonidan berilgan takliflar asosida yaratilgan tom maʼnodagi xalq konstitutsiyasiga aylanganini taʼkidladi. Soʻng Davlat boshqaruvi akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilish zarurati, dolzarbligi hamda mamlakatning keyingi istiqbolidagi huquqiy qomus oʻlaroq ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga asosli javoblar hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Maʼlumot uchun, oʻquv seminarlari yakunlangach, barcha davlat fuqarolik xizmati xodimlarining yangi tahrirdagi konstitutsiya boʻyicha umumiy bilimlari test imtihonlari orqali sinovdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер