Barcha hududlarda ham ishlar ahvolini qoniqarli deb boʻlmaydi — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta tiklash ham oziq-ovqat yetishtirishga qoʻshimcha imkoniyat ekani qayd etildi.
«Lekin barcha hududlarda ham ishlar ahvolini qoniqarli deb boʻlmaydi. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazmda sust ketayapti», dedi Prezident.
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga hokimliklar bilan birga bir hafta muddatda 135 ming gektar oborotdan chiqqan yerlarni oʻzlashtirish va ularda oziq-ovqat mahsulotlarini joylashtirish ishlarini boshlash vazifasi qoʻyildi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun respublika byudjetidan 170 milliard soʻm ajratiladi.
Tomorqa xoʻjaliklaridan samarali foydalanish masalasiga toʻxtalar ekan, Prezident Fargʻona, Namangan, Andijon va Samarqanddan 600 nafar tajribali tomorqa egalari Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent viloyatiga borib, 1,5 mingta mahallada aholi tomorqalarida ekinlarni toʻgʻri ekishni oʻrgatayotganini misol qilib keltirdi.
Bu tajribani 2,5 mingta mahallada joriy etishi vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring