Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat koʻrsatuvchilar QQS toʻlovchisiga aylanadi

12:53 27 Mart 2025 Jamiyat
194 0

2025-yil 1-apreldan boshlab farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yoki tibbiy xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning barchasi QQS toʻlovchisi boʻladi.

Bu jarayonda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki maʼlumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

Ushbu tartib Soliq kodeksining 2 va 75-moddalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, farmatsevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun QQS va foyda soligʻi daromad 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlgan holatdagina olinadi.

Taʼkidlash joiz, soliq toʻlovchilar qatʼiy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga haqli.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?